Global Textile Solutions kompaniya keysi

Global Textile Solutions loyihasining brifi

Global Textile Group – yuqori sifatli yigirilgan ip ishlab chiqaruvchi O‘zbekistondagi yetakchi to‘qimachilik kompaniyalaridan biri. Bozorda 2018-yildan faoliyat ko‘rsatadi. 
Workly bilan hamkorlik boshlangan sanaga (2019 y.), Global Textil Solutions kompaniyada 300 ga yaqin kishi ishlardi. Kompaniya xorijga mahsulot yetkazib berish hajmini oshirishga harakat qildi, buning uchun ishlab chiqarish sifati, muddatlari va hajmlariga amal qilish talab qilindi. 
Workly jamoasi oldida quyidagi vazifalar turardi:

  •  Xodimlarning intizomini yaxshilash
  •  Ish jarayonlarni optimallashtirish
  •  Ish jadvalini rejalashtirishni optimallashtirish
  •  Ish haqi hisobini avtomatlashtirish

Loyiha tavsifi

  • Mijoz

    Global Textile Solutions

  • Ishga tushishi

    2019- yil

  • Bor edi

    300 nafar xodim

  • Bugun

    3000 nafar xodim

  • Lokatsiya

    O‘zbekiston

  • Sayt

    https://global-textile.uz/

Fakt bo‘yicha qayd qilish
01

Fakt bo‘yicha qayd qilish

Workly jamoasi rahbarlar xodimlarning davomati va samaradorligi bo‘yicha batafsil hisobotlarga ega bo‘lishi uchun xodimlarning haqiqiy kelish va ketish vaqtini qayd qilish tizimini joriy etdi.

02

Ish jadvallari va tabelni avtomat shakllantirish

Workly har bir xodimga sanoqli daqiqalarda ish smenalarini tayinlash imkonini berdi. Har bir xodim tomonidan haqiqatdan ham ishlangan ish soatlari haqidagi ma’lumotlar avtomat tarzda ish jadvali bilan solishtirildi. Olingan ma’lumotlar asosida ish haqini hisoblab yozish uchun tabellar avtomat tarzda shakllantirildi.

Ish jadvallari va tabelni avtomat shakllantirish
Natijalar
03

Natijalar

Workly tizimini joriy etish yakunlari bo‘yicha Global Textile Solutions kompaniyasida intizom va xodimlarning motivatsiyasi yaxshilandi. Xodimlarni boshqarishga sarflanadigan mehnat xarajatlari kamaydi. Mehnatga haq to‘lash jamg‘armasi optimallashdi. Bu Global Textile Solutions kompaniyasiga sifat va qo‘yilgan muddatlarga amal qilgan holda ishlab chiqarish hajmlarini oshirish imkonini berdi.