Prof Med Service kompaniya keysi

Prof Med Service loyihasining brifi

Prof Med Service – zamonaviy ko‘p profilli tibbiy markaz, u O‘zbekistonning 5 ta shahrida (Toshkent, Buxoro, Qarshi, Andijon va Qo‘rg‘on) filiallarga ega. Ular 2017-yildan buyon faoliyat ko‘rsatadi. 
Workly bilan integratsiya davriga (2021 y.) shifokorlar va tibbiy mutaxassislar soni 50 kishidan ortiq. Klinikaning asosiy ustuvor yo‘nalishi – mijoz uchun qulaylik. Buning uchun esa xodimlar va shifokorlar tomonidan mehribonlik va tartibli faoliyat talab qilinadi. 
Workly jamoasi oldida quyidagi vazifalar turardi:

  •  Xodimlarning kelish-ketish vaqtini qayd qilishni avtomatlashtirish
  •  Xodimlarning intizomini mustahkamlash
  •  Ish haqi hisobini avtomatlashtirish

Loyiha tavsifi

  • Mijoz

    Prof Med Service

  • Ishga tushishi

    2021- yil

  • Bor edi

    -

  • Bugun

    -

  • Lokatsiya

    O‘zbekiston

  • Sayt

    https://profmed.uz/

Fakt bo‘yicha qayd qilish
01

Fakt bo‘yicha qayd qilish

Workly jamoasi klinikaning barcha filiallarida xodimlarning kelish va ketish vaqtini qayd qilishni joriy etdi. Endi kechikishlar va ishga kelmaslik holatlari haqidagi barcha ma’lumotlar tizimga tushadi. Rahbarlar har bir xodimning ishi bo‘yicha hisobotlarni ko‘rib chiqishlari mumkin.

02

Ish haqi hisobini avtomatlashtirish

Workly tizimi haqiqatdan ham ishlangan soatlar haqidagi ma’lumotlar asosida ish haqi tabellarini avtomat tarzda shakllantiradi. Bu xodimlar bilan ishlash bo‘limini har bir xodimning samaradorligini tahlil qilish va ish haqini qo‘lda hisoblash zaruratidan xalos qiladi.

Ish haqi hisobini avtomatlashtirish
Natijalar
03

Natijalar

Joriy etilgan Workly tizimi tufayli Prof med service tibbiy markazlari mehmonlarga va bemorlarga xizmat ko‘rsatishning yuqori darajasini ta’minlaydi.