Boshqa ilovalar bilan integratsiyalashish (API)

Boshqa ilovalar bilan integratsiyalashish (API) - 1 | Workly

Workly biznesingizdagi mavjud IT-infratuzilmani to‘ldiradi va yaxshilaydi.

API moduli tufayli ERP-tizimi, foydalanishni nazorat qilish va boshqarish tizimi va xavfsizlik tizimi bilan o‘zaro ma’lumot almashing.

  • Tuzilmaviy bo‘linmalar va lavozimlarni hisobga olgan holda xodimlarning yagona ma’lumotlar bazasi.
  • Xodimlar faoliyatini markazlashtirgan holda monitoring qilish
  • Kadrlar tarkibi va foydalanishni nazorat qilish va boshqarish tizimida ishlash bo‘yicha ish jadvallari haqidagi ma’lumotlarni uzatish
  • Videokuzatuv tizimi bilan integratsiyalashish imkoniyati

Mavjud tizimlar bilan sinxronlashing

ERP (SAP, 1C) bilan integratsiyalashish

Xodimlarni ishdan bo‘shatishlar va yangilarini qabul qilishlar hamda ish vaqtini qayd qilishlar haqidagi ma’lumotlarni almashish

Foydalanishni nazorat qilish va boshqarish tizimi bilan integratsiyalashish

Qayd qilingan ish vaqti haqidagi ma’lumotlarni foydalanish va xavfsizlikni nazorat qilish tizimlaridan import qilish

Videokuzatuv tizimlari bilan integratsiyalashish

Kadrlar tarkibi, ish jadvallari va kirishlar haqidagi ma’lumotlarni videokuzatuv tizimlari bilan almashish.

Ma’lumotlarni avtomat rejimda almashing

Workly sizni turli IT-tizimlar bilan ishlaydigan va axborot almashish uchun ma’lumotlarni qo‘lda eksport va import qilishga bir talay kuch sarflashga majbur qiladigan vaziyatdan xalos etadi.

  • Import qilingan ma’lumotlarni solishtirish va tahlil qilish, hisobotlarni shakllantirish.
  • Import qilingan ma’lumotlar asosida tabellarni shakllantirish
  • Propuskni berishdan tortib to ish haqini hisoblab yozishgacha bo‘lgan barcha jarayonlarda inson omilini minimallashtirish
Boshqa ilovalar bilan integratsiyalashish (API) - 2 | Workly

Qo‘llab-quvvatlanadigan qurilmalar