Ish Vaqti Jadvalini Rejalashtirish

Ish jadvalini optimal darajada rejalashtirishning uddasidan chiqmaganlik uchun biznesingiz qay darajada tez-tez jabr ko‘rmoqda?

Workly kerakli xodim kerakli vaqtda kerakli joyda bo‘lishini ta’minlaydi.

  • Bir nechta klik yordamida har bir xodim uchun ish jadvalini tuzing
  • Xodim belgilangan ish smenalarini ishlaganligini yoki yo‘qligini nazorat qiling
  • Ish jadvali tanaffuslar, ta’tillar, dam olish kunlari, kasallik bo‘yicha ishga kelinmagan holatlar, ishdan tashqari vaqtda ishlangan soatlar haqidagi individual ma’lumotlarni qayd etishi mumkin.
  • Biznesni yanada samaraliroq qilish uchun har bir xodimning samaradorligini tahlil qiling, ish jadvaliga o‘zgartirish kiriting va xodimlarning ishsiz turib qolish holatlarini istisno qiling.
Ish Vaqti Jadvalini Rejalashtirish - 1 | Workly

Ish jadvalini biznes-jarayonlarni hisobga olgan holda rejalashtiring

Ishlar jadvalini tuzish

Belgilangan jadval, erkin jadval, dam olish, ta’til, kasallik varaqasi bo‘yicha ishga kelmaslik, xizmat safarlari va h.k.

Moslashadigan jadval sozlanmalari

Istalgan davr uchun (1 kun yoki oy) guruhli va individual jadvallar.

Xodimlarni xabardor qilish

Xodimlar joriy kun yoki tanlangan davr uchun o‘z jadvalini tekshirishi mumkin.

Ish Vaqti Jadvalini Rejalashtirish - 2 | Workly

Workly tizimining "Ish Jadvali +" mahsuloti qanday qilib bir nechta klik yordamida ish jadvalini rejalashtirishga yordam beradi

Xodimlarning ishini ko‘lamidan, filiallar soni va ish yo‘nalishidan qat’i nazar tez va oson rejalashtiring. Tez sozlash uchun tayyor shablonlar mavjud.

  • Barcha xodimlarni Workly tizimida ro‘yxatdan o‘tkazing (ularning lavozimi, bo‘limlarini qayd eting).
  • Har bir xodim uchun qo‘l yoki yarim avtomat rejimida ish jadvalini yarating (tez sozlash uchun tayr shablonlar mavjud).
  • Tanaffuslar, dam olish kunlari, ta’tillar va kasallik bo‘yicha ishga kelmaganlik holatlarini hisobga oling.
  • Ish normasini boshqaring (sutkalik, haftalik, oylik, choraklik, yillik)
  • Xodimlarning otgullarga so‘rovlarini real vaqt rejimida oling va ularni ilova orqali tasdiqlang yoki rad eting

"Ish jadvali+" modulini to‘ldiruvchi Workly mahsulotlari

Ish Vaqtini Qayd Etish

Ish vaqtini fakt bo‘yicha qayd etish moduli har bir xodimning belgilangan individual jadvalga amal qilishini avtomat rejimda nazorat qiladi.

Tabelni shakllantirish

Haqiqatdan ham ishlangan ish soatlari va tayinlangan to‘lov stavkalari haqidagi ma’lumotlar asosida ish haqi hisobini avtomatlashtiring

API’ga integratsiyalashish

O‘zaro ma’lumot almashish uchun Workly tizimini ERP-tizimi (SAP, 1C) bilan sinxronlashtiring.

Workly yordamida Ish Jadvalini Rejalashtirishning afzalliklari

Tizim HR-bo‘limga va rahbarlarga ish jadvallarini oson va qulay tuzishga va xatoliklar ehtimolini kamaytirishga yordam beradi.

  • Tashkilotning umumiy yuklamasiga muvofiq ish resurslarining bir tekis taqsimlanishi.
  • Ish jadvalini aniq tuzish va smenalarni taqsimlaganda xatoliklar haqida xabar berish.
  • Xodimlardagi yopiq bo‘lmagan ehtiyojlar haqida xabarlar
  • Ogohlantirishlar, chegara qiymatlar va cheklovlar hisobidan ishdan tashqari ish vaqtida ishlash holatlarini istisno qilish.
  • O‘zingiz xohlagan malakaga va xodimlarning mavjudligiga qarab smenalarni tanlash
Ish Vaqti Jadvalini Rejalashtirish - 3 | Workly
Ish Vaqti Jadvalini Rejalashtirish - 4 | Workly

Optimal ish jadvali = Samarali va Foydali Biznes

Xodimlarni boshqarishda vaqtingizni tejang. Bo‘shagan resurslarni strategik yo‘nalishlarga yo‘naltiring.

  • Ish jadvalini tuzishga vaqtni tejang
  • Jadvalda inson omilidan va xatoliklar ehtimolidan xalos bo‘ling
  • Xodimlarning ishsiz turib qolish holatlarini minimumga yetkazing, har bir xodim bilan aloqada qoling
  • Xodimlarning intizomini va samaradorligini oshiring