Ish vaqtini fakt bo‘yicha qayd qilish
- Workly
- Mahsulotlar
- Fakt bo‘yicha qayd qilish

Biznes qanchalik yirik bo‘lsa, xodimlarning tartibli ishini va yuqori darajada kuch sarflashini nazorat qilish shunchalik qiyin bo‘ladi.
Workly intizomni ushlab turish va ish jarayonlarini boshqarishni avtomatlashtirish uchun zamonaviy yechimni taklif etadi.
- Xodimlarning haqiqiy kelish va ketish vaqtini nazorat qiling.
- Xodimlarning ish joyida bo‘lishini real vaqt rejimida nazorat qiling.
- Har bir kishining samaradorligini onlayn-hisobotlarda tahlil qiling.
- Barcha xodimlar haqidagi ma’lumotlarni bulutlarda to‘plang va tahrir qiling (ishdan bo‘shatishlar ishga qabul qilishlar, ta’tildagilar, kasalxona varaqasi borlar)
Davomatni nazorat qilish va intizomni mustahkamlash uchun ulkan imkoniyatlar
Multilokatsiyalarni boshqarish
Biznesingizning barcha lokatsiyalaridan davomat haqidagi ma’lumotlarni to‘plang
Tahlil va hisobotlar
Xodimlar tomonidan ishlangan soatlar va davomatni qayd etish bo‘yicha avtomatlashtirilgan Workly hisobotlaridan foydalaning
Intizom va ish sifatining o‘sishi
Workly tizimini aldash ehtimolini istisno qilish xodimlarning samaradorligi va intizomi oshishiga olib keladi
Ish Vaqtini Fakt Bo‘yicha Qayd Qilish qanday ishlaydi
Murakkab va qimmatbaho mahsulotlardan farqli o‘laroq Workly tez, manfaatli va samarali yechimni taklif qiladi.
- Siz ofisga/ish xonasiga kirish joyida bepul Workly Timepad ilovasiga ega planshetni joylashtirasiz.
- Xodimlaringiz o‘z smartfonlariga bepul Time&Attendence ilovasini o‘rnatadi, u unikal QR-kodni generatsiyalaydi. Endi ular o‘zlarining kelishi va ketishlarini individual kod yordamida qayd etadi.
- Siz hisobotlarni olasiz va kim kechikib kelishi va kim ishda yo‘qligini real vaqt rejimida tahlil qilasiz.

Ish vaqtini fakt bo‘yicha qayd etish uchun Workly yechimlari
Workly TimePad
Bepul Workly TimePad ilovasi har qanday iPad va Android-planshetni xodimlarning kelish va ketish vaqtini qayd etish uchun terminalga aylantiradi.
Yuz Biometriyasi
Xodimni biometriya bo‘yicha identifikatsiyalash imkonini beradi (yuzlarni tanib olish texnologiyasi).
Mijozlar uchun ilova
Xodimlaringiz o‘zlarining kelishi va ketishini unikal QR-kod yordamida qayd etadi, rahbarlar esa xodimlarning davomatini nazorat qiladi.

Ish vaqtini qayd etishni avtomatlashtirish biznesingizni yangi darajaga ko‘taradi
Avvallari ko‘p vaqt sarflanadigan boshqa hech qanday adashishlar, bir xil mayda ishlar va qog‘oz ishlar bo‘lmaydi.
- Har bir xodimning haqiqatdan ham ishlangan vaqtini avtomat tarzda qayd etish. Buning natijasida mehnatga haq to‘lash fondi kamayadi.
- Xodimlar orasida intizomning o‘sishi. Ishga kelmaslik holatlari, kechikishlar va ish joyidan erta kelib qolishlar ko‘rsatkichining kamayishi. Ish sifati va xodimlarning jalb etilganlik darajasining oshishi.
- Har bir xodimning samaradorligi haqida tuzilmalashtirilgan axborot.
- HR-bo‘limidagi vaqtning va rahbarlarning liniyali xodimlarni monitoring qilish vaqtining tejalishi.
Qo‘llab-quvvatlanadigan qurilmalar




