Yuz bo‘yicha biometriya

Yuz bo‘yicha biometriya - 1 | Workly

Yuz biometriyasi – ish xonalariga kirishni nazorat qilish muhim bo‘lgan biznes uchun yechim.

Workly nafaqat xodimlarning fakt bo‘yicha kelish va ketish vaqtini nazorat qilish, balki ish xonalari va mulkning xavfsizligini kuzatish imkonini ham beradi.

  • Xodimni va mehmonni identifikatsiya qilish QR-kod yoki PIN-kod bo‘yicha emas, balki Workly TimePad ilovasi o‘rnatilgan iPad yoki Android-planshet kamerasidagi foto bo‘yicha amalga oshiriladi.
  • Workly tizimi arxivda ish xonalariga kirgan barcha xodimlar va mehmonlarning fotosuratini saqlaydi (vaqtni qayd etish bilan). Siz ularni istalgan paytda Workly ish kabinetida ko‘rishingiz mumkin.
  • Workly yuz biometriyasi moduli bilan birga mavjud masofadan turib kirish tizimi bilan integratsiyalanishi mumkin.

Workly tizimidan yuzlarni tanib olish imkoniyatlari

Turli biometrik qurilmalarga ulanish

Workly tizimini begona biometrik qurilmalar, turniketlar va elektromagnit qulflar bilan integratsiyalashtiring.

Aldovdan himoya

Yuzlarni tanib olish tizimi begona smartfondan yoki PIN-koddan foydalanganda, soxtakorlik yoki aldovni istisno qiladi.

Ma’lumotlarga ishlov berishning yuqori tezligi

Yuzlarni tanib olish texnologiyasidan foydalanish kontakt yo‘qligi va axborotni o‘qishning yuqori tezligi hisobidan kelish va ketishni belgilash jarayonini tezlashtiradi.

Yuz bo‘yicha biometriya - 2 | Workly

Workly tizimida yuzlarni tanib olish qanday ishlaydi

Workly biometrik tizimi iPad yoki Android-planshetdan hamda bepul TimePad ilovasidan tashkil topgan. Shuningdek, xohishga ko‘ra Workly tizimini ichki IT-tizimi va biometrik uskunalar bilan integratsiyalashingiz mumkin.

  • Xodim/mehmon ish xonasiga kirishda qayd etiladi.
  • Workly planshet kamerasidan fotoga oladi va uni ma’lumotlar bazasi bilan solishtiradi (ushbu konkret yuz ish xonasiga kirishi mumkinmi).
  • Vaqt bo‘yicha qayd etilgan fotosuratlarning hammasi tizimda saqlanadi va almashtirib qo‘yishlar bor-yo‘qligini ko‘rsatadi.
  • Maxsus Workly algoritmi real odamni fotosuratdan yoki videoyozuvdan farqlashi mumkin.
  • Tizimni aldashga urinish bo‘lganida siz avtomat tarzda xabar olasiz.
  • Tizimdan signal turniketga yoki elektron qulfga kelishi mumkin (bunda tizimda o‘tish haqidagi yozuv saqlanadi).

Yuz biometriyasi maksimal qulaylik va xavfsizlik darajasini kafolatlaydi

Workly biometrik tizimidan foydalanish qo‘shimcha xarajatlarni talab qilmaydi

  • Siz Workly tizimini o‘rnatilgan biometrik uskunaga ulashingiz mumkin.
  • Siz Workly tizimini o‘zingizning Masofadan turib kirishni nazorat qilish tizimingiz bilan integratsiyalashingiz mumkin.
  • Agar sizda o‘z biometrik uskunangiz bo‘lmasa, TimePad ilovasi o‘rnatilgan oddiy iPad yoki Android-planshetdan foydalaning.
  • Siz sayt yoki Workly mmlovasi orqali butun axborotdan masofadan turib foydalanish imkoniga ega bo‘lasiz.
Yuz bo‘yicha biometriya - 3 | Workly

Qo‘llab-quvvatlanadigan qurilmalar